Microsoft Word, Excel, PowerPoint, Teams va boshqa mashhur ofis ilovalarini birlashtirgan yagona platforma. Foydalanuvchi dasturlar to‘plamini bir nechta qurilmaga, jumladan telefon va planshetlarga o‘rnatishi yoki hujjatlar bilan onlayn ishlashi mumkin. Faqat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun mavjud.
Foydalanuvchi internetga ulangan istalgan qurilmadan dasturlar va fayllarga kira oladi. Barcha ma’lumotlar bulutda saqlanadi va darhol sinxronlanadi. Shu tufayli jamoalar hujjatlar ustida bir vaqtning o‘zida ishlashi, fayl almashishi, ish jadvallarini muvofiqlashtirishi va muloqot qilishi mumkin.
Masofadan ishlash
Masofadan ishlash va hamkorlik ilovalari jamoalarga dunyoning istalgan nuqtasidan samarali birgalikda ishlash imkonini beradi. Teams videokonferensiyalar va chatlarda yig‘ilishlar o‘tkazish, OneDrive fayllar ustida hamkorlikda ishlash, SharePoint esa ichki tarmoqdagi ish fayllari va boshqa kontentni boshqarish uchun mo‘ljallangan.
Rivojlangan ekotizim
Microsoft’ning boshqa tizimlari bilan integratsiya ish jarayonlarini soddalashtiradi va vazifalarni bajarishga ketadigan vaqtni qisqartiradi. Word, Excel va PowerPoint Teams, SharePoint va OneDrive bilan birgalikda ishlaydi, shuning uchun ilovalar o‘rtasida almashmasdan hujjatlar ustida ishlash mumkin. Biznes tahlilini sozlash uchun MS 365’ga Power BI’ni osongina ulash mumkin.
Mualliflik huquqlariga rioya qilish
Microsoft 365 — foydalanish shartlari qulay bo‘lgan litsenziyalangan dasturiy ta’minot. Obuna to‘langanidan keyin litsenziyasiz dasturiy ta’minotdan foydalanish bo‘yicha tekshiruvlardan xavotirlanishga hojat qolmaydi.
Microsoft 365 kimlar uchun mos?
Kichik va o‘rta biznes uchun
MS 365’ni joriy etish oson, u dasturiy ta’minot xaridi va yangilanishlarni o‘rnatish xarajatlarini kamaytiradi.
Yirik kompaniyalar uchun
MS 365 katta hajmdagi ma’lumotlar bilan hamkorlikda ishlash samaradorligini oshirish uchun qo‘llaniladi.
Frilanserlar va masofaviy jamoalar uchun
MS 365 hamyonbop bo‘lib, ofis ilovalari bilan istalgan joydan ishlash imkonini beradi
Afzalliklar
Universal yechim
Xizmat barcha turdagi biznes uchun mos. MS 365 hamkorlik va vazifalarni boshqarish uchun kengaytiriladigan vositalar yordamida kichik kompaniyalarning o‘sishini hamda startapdan yirik korxonaga bosqichma-bosqich o‘tishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Moliyaviy samaradorlik
Dasturiy ta’minot xarajatlarini moslashuvchan boshqarish va xodimlar unumdorligini oshirish kompaniya rivojiga ijobiy ta’sir qiladi. MS 365 — tez o‘zini oqlaydigan biznesni optimallashtirish investitsiyasi.
Boshqa xizmatlar va API bilan integratsiya
MS 365 Slack yoki Trello kabi tashqi xizmatlar bilan integratsiyalashib, ish jarayonlarini soddalashtiradi. API orqali Excel hisobotlarini CRM tizimiga yuborishni avtomatlashtirish yoki Outlook taqvimini rejalashtirish uchun tashqi ilovalar bilan bog‘lash mumkin.
Ma’lumotlar xavfsizligi
MS 365 ma’lumotlarni himoyalashning bir nechta darajasini taklif etadi: antivirus himoyasi (Defender), ko‘p faktorli autentifikatsiya (Azure Active Directory), ma’lumotlarni shifrlash (OneDrive, SharePoint) va axborotga kirishni nazorat qilish uchun sozlanadigan siyosatlar (Exchange, Teams).
Ma’lumotlarni saqlash
MS 365 har bir foydalanuvchiga umumiy foydalanish imkoniyatiga ega 1 TB OneDrive xotirasi va 50 GB hajmdagi Exchange Online pochta qutisini taqdim etadi.
Muntazam yangilanishlar
Xizmat barcha ilovalarni avtomatik ravishda eng so‘nggi versiyalarga yangilaydi va qo‘shimcha xarajatlarsiz yangi funksiyalar hamda yaxshilanishlardan foydalanish imkonini beradi. Microsoft 365’da Word, Excel va PowerPoint hujjatlari ustida real vaqt rejimida hamkorlikda ishlash mumkin. Bunday imkoniyat Office 2016 kabi qutidagi versiyalarda mavjud emas edi.
Biznes uchun Microsoft 365 xizmatiga qiziqdingizmi?
Tariflar bilan tanishing va vazifalaringizga mosini tanlang.